15:51 / 20.09.2020
1 944

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi
Bugun davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida vafot etdi.
O‘ktam Barnoyev 1997-2000 yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2000-2002 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida rahbar, 2002-2004 yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakchi mutaxassis, 2004-2005 yillarda hukumatning Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005-2007 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.

2007-2008 yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2011-2016 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i, 2016 yilda «O‘zagrokimyo» kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida xizmat ko‘rsatgan. U 2016 yil dekabrida Buxoro viloyati hokimligiga tayinlangan. 2020 yil 28 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)