19:50 / 21.09.2020
2 134

51 mln. so‘mlik jinoiy jarima boshqa jazo turiga almashtirildi

51 mln. so‘mlik jinoiy jarima boshqa jazo turiga almashtirildi
Fuqaro B.Turdiqulov Chiroqchi tumanida tug‘ilgan, bir nafar farzandi bor. Shu farzandini halol yo‘l bilan voyaga yetkazish o‘rniga pul topishning oson yo‘llarini izladi. Ammo har bir qing‘ir ish uchun albatta javobgarlik mavjud.

B. Turdiqulov Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining 13.07.2020 yildagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topildi va unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Ushbu miqdor 51 mln. 672 ming so‘mga teng bo‘ldi.

Qo‘llanilgan jarimani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Chiroqchi tuman bo‘limiga kelib tushdi. Davlat ijochilari tomonidan ko‘p marotaba ogohlantirilgan fuqaro qarzdorlikni bartaraf etmadi.

Qarzdorning undiruvga qaratish mumkin bo‘lgan mol-mulklari aniqlanmagach, Byuroning Chiroqchi tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudiga jarima jazosini boshqa jazo turiga almashtirish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi. Sud tomonidan qarzdorning moddiy ahvolini hisobga olgan holda tayinlangan 51 mln. 672 ming so‘m jarima jazosi 1 yil 2 oy 14 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Majburiy ijro byurosi
Chiroqchi tuman bo‘limi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 51 mln. so‘mlik jinoiy jarima boshqa jazo turiga almashtirildi