08:43 / 22.09.2020
781

Bojxona xabarlari: Ko‘mir ostiga yashirilgan 7104 dona salqin ichimliklar fosh etildi

Bojxona xabarlari: Ko‘mir ostiga yashirilgan 7104 dona salqin ichimliklar fosh etildi
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati so‘nggi kunlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari haqida ma’lumot berdi.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi «O‘zbekiston» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro J.I. boshqaruvidagi «DAF XF95» rusumli yuk avtomashinasi yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra importga rasmiylashtirish uchun ko‘mir mahsulotlarini olib kirayotganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasiga yuklangan ko‘mir mahsulotlarining ostiga, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 60,4 million so‘mlik 7104 dona salqin ichimliklar yashirilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

«Kobalt»ga naq 23ta changyutgichni joylab olib kirish rejasi ish bermadi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro A.X. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashina belgilangan tartibda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 18 million so‘mlik 23 dona changyutgichlar borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Yuk mashinasidagi nayrang fosh bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Dout-ota» chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.R. boshqaruvidagi «Mercedes Benz» rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona tekshiruvidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 106 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va tovar moddiy boyliklari mavjudligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ov quroli uchun gilzalar olib o‘tishga uringan shaxs fosh bo‘ldi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi «Namangan aeroporti» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan uchib kelgan fuqaro X.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, uning qora rangli sumkasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 50 dona 12 mm. kalibrli ov quroli uchun gilzalar borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

555 dona kiyim-kechakni olib o‘tishga bo‘lgan urinish chippakka chiqdi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davom chegara oldi hududida harakatlanayotgan fuqaro S.A. to‘xtatilib uning yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada uning yuklari orasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 72 million so‘mlik 555 dona kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)