12:00 / 22.09.2020
2 195

Farg‘onada soxta DXX xodimi qo‘lga olindi

Farg‘onada soxta DXX xodimi qo‘lga olindi
Farg‘onada o‘zini soxta DXX xodimi deya tanishtirgan fuqaro ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi Hamdamjon Yunusjonov 25 yoshda bo‘lib, mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanadi.

Bu yigit tadbirkor D.Sodiqova bilan tanishib qoladi hamda uning xususiy bog‘cha ochish niyatida yurganligidan xabar topgan. Unga dastlab Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimi ekanligini aytib, imtiyozli kredit olishida yordam berishligini bildirgan. Hatto tadbirkor bilan bu masalada Toshkent shahriga borib, bir qator yuqori idoralarga kirgan.

Keyinchalik u DXXning Oltiariq tuman bo‘limi tezkor xodimi degan soxta guvohnoma yasab, tadbirkor tanishiga shu idorada ishlashligini ma’lum qilgan. Qalbaki guvohnomaga D.Sodiqovaning yakka tadbirkorlik muhrini unga bildirmasdan bosib oladi. Albatta, bu bejizga emas edi. Ishxonada hayfsan olganligi va oylik ish haqi kam chiqqanligini D.Sodiqovaga aytib aldab, undan 600 ming so‘m olgan va shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Sh.Sultonova bilan joriy yilning yanvar oyida Farg‘ona shahrida uchrashib qolib, o‘zini “Temur” deb tanishtirgan. U singlisining tug‘ilgan kuniga tillo taqinchoq olib berishi uchun 100 dollar berib turishligini so‘rab, undan yonida bo‘lgan 875 ming so‘m pulni olgan. Shuningdek, Sh.Sultonovadan onasining betobligini aytib 500 ming so‘m, narxi 2 million 400 ming so‘m bo‘lgan uyali telefonini ham olib, telefonni sotib yuborgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uning jinoyati fosh etilib, qalbaki xizmat guvohnomasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudida ko‘rib chiqilib, H. Yunusjonovga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada soxta DXX xodimi qo‘lga olindi