19:53 / 22.09.2020
636

MIB oilaviy korxonaga ko‘mak berdi

MIB oilaviy korxonaga ko‘mak berdi
Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi ijro ish yurituvida, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 14.07.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan karzdor “Namangan istiqlol bog‘i” MCHJdan undiruvchi “Buloqsoy baliqlari” oilaviy korxonasi foydasiga jami 270 144 109 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 07.09.2020 yilda kelib tushgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23, 86-moddalariga asosan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hamda taraflarga ijro va ma’lumot uchun yuborilgan.

Undiruv qarzdorning hisob raqamlaridagi so‘mdagi pul mablag‘lariga qaratilgan hamda inkasso topshiriqnomasi TIF “Milliybank” Namangan bo‘limiga yuborilib hisob raqamlariga band solingan.

Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi tomonidan amaldagi qonun talablari asosida majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdor yuridik shaxsning mol-mulklarini aniqlash va qaratish bo‘yicha qarzdorning balansida mavjud bo‘lgan mol-mulklaridan undirish maqsadida, tegishli tartibda viloyat IIB YHXB, viloyat “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadasrt” DK, “Kafolat sug‘urta” AJ hamda tegishli idoralarga so‘rovnomalar yuborilgan.

Kuni kecha davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor “Namangan istiqlol bog‘i” MCHJning hisob raqamlaridan pul mablag‘lari undirildi va undiruvchi “Buloqsoy baliqlari” oilaviy korxonasining bank hisob raqamiga qarzdorlik to‘liq o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Amalda ijro hujjati amalda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)