20:43 / 22.09.2020
623

Nukus elektromontaj” MCHJ foydasiga 270 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi

Nukus elektromontaj” MCHJ foydasiga 270 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tumani bo‘limi ish yurituviga Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 26.08.2019 yilgi ijro varaqasiga asosan qarzdor Qorao‘zak tumani Obodonlashtirish boshqarmasidan undiruvchi “Nukus elektromontaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga jami 270 mln. 760,6 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan tegishli tartibda olib borilgan ijro harakatlari davomida, birinchi navbatda qarzdor jamiyatning bank hisob rakamlariga band solingan, va ushbu solingan band orqali jami 190,8 mln. so‘m mablag‘lar o‘ndirilgan.

Keyinchalik, jamiyat balansidagi “ISUZU” markali maxsus avtotransport vositasi xatlovga olingan va “Ye-ijro auksion” elektron auksion savdo maydonchasiga sotish orqali qarzdorlikni bartaraf etish uchun joylashtirilgan.

Natijada, 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-auksion savdolarida xatlangan atvotransport vositasi jami 196 mln. 248 ming so‘mga sotilib, undiruvchining foydasiga qolgan 79,9 mln. so‘m o‘tkazilgan hamda qolgan 110 mln. 968 ming so‘m qarzdor jamiyatning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shuning bilan, mazkur ijro hujjatining ijrosi amalda ta’minlanganligi bois O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddasiga asos tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)