23:45 / 22.09.2020
2 117

Yakuniy hisob-kitob ishlari va to‘lab berilishi nazoratga olingan

Yakuniy hisob-kitob ishlari va to‘lab berilishi nazoratga olingan
Joriy yilning 22 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Prokuratura huzuridagi tashkilotda shunday holat bo‘lgach, nima ham qilardik?” degan mazmunda xabar tarqatilgan.

Murojaatda Majburiy ijro byurosining Ohangaron tuman bo‘limi sobiq xodimlari nomidan joriy yilning 1 avgust kunidan ishdan bo‘shatilishiga qaramasdan, hanuzgacha yakuniy hisob-kitob qilinmagani bayon qilingan. Mazkur murojaat, unda ko‘tarilgan masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyuldagi PF-6010-sonli Farmoniga ko‘ra, Byuro organlarining ayrim vazifalari tugatilishi va shtat birliklari soni qisqarishi munosabati bilan Byuroning energiya resurslari va qattiq maishiy chiqinidi sohasida faoliyat olib borgan xodimlar qisqartirildi.

Bundan tashqari, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasining sobiq xodimlariga mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan muddatga muvofiq, keladigan kunlar uchun pullik kompensatsiya to‘lovlari jami 477 nafar xodimlarga 1.161.639.0 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq to‘lab berilgan.

Shundan Broning Ohangaron tuman bulimining sobik 16 nafar xodimlariga 40 mln. 418 ming so‘m kompensatsiya mablag‘larning to‘lik amalga oshirilgan, hozirda 184 mln. 886 ming so‘m mikdorda yakuniy hisob-kitob to‘lovlarni to‘lab berish ishlari davom etmoqda.

Hozirda, sobiq xodimlarning kompensatsiya pullari to‘lab berilgan, qolgan ish haqi va unga tenglashtirilgan kafolatli to‘lovlari to‘lab berilishi masalasida boshqarmada tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bungdan tashqari, Byuroning markaziy mahkamasida, sobiq xodimlarning murojaatlarini qabul qilish, mehnat qonunchiligiga amal qilinishi, ish haqi va boshqa to‘lovlarning to‘lanishi masalalar bo‘yicha Ishchi guruhimizning murojaat etish bo‘yicha telefon raqamlari ma’lum qilib borilmoqda. (71-207-11-23, 71-207-11-26, 71-207-11-98).

Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi hamda qayta hisob-kitob ishlari nazoratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakuniy hisob-kitob ishlari va to‘lab berilishi nazoratga olingan