11:54 / 23.09.2020
1 891

O‘zbekistonda 2021 yildan sud chaqiruvlari SMS orqali amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2021 yildan sud chaqiruvlari SMS orqali amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 2021 yil 1 oktabrdan boshlab sud chaqiruvlari SMS xabar orqali bepul asosda xabardor qilinadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 4 sentabr kuni «Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. Hujjat bilan 2020―2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida SMS xabar orqali bepul asosda xabardor qilinadi. Ilgari sudga chaqirish qat’iy ravishda qog‘oz shaklda amalga oshirilar edi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bo‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriladi hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantiriladi.

2022 yil 1 yanvardan boshlab esa sud qarorlarini ish bo‘yicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bo‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etish ishlari amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2021 yildan sud chaqiruvlari SMS orqali amalga oshiriladi