12:40 / 23.09.2020
3 392

Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik qilishga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi (video)

Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik qilishga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi (video)
Toshkent shahrida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali tomonidan tayyorlangan lavhada ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 12 sentabr kuni Dilfuza ismli fuqaro Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuborayotganini ma’lum qilgan.

Murojaat va olingan tezkor ma’lumotlarga asosan Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borildi. Dilfuza ismli fuqaro tomonidan aytilgan Shahina ismli ayolning shaxsiga aniqlik kiritish choralari ko‘rildi.

O‘zini Shahina deb tanishtirgan shaxs aslida 1990 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Shoyista Zokirova bo‘lib chiqqan. U arizachini 14 sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yuborayotgani aniqlandi.

Shoyista Zokirova tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mazkur ish Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga yuborilgan.

Tezkor-tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Shoyista yana uch nafar qizni Istanbulga fohishalik qilishga yubormoqchi bo‘lgan. Shoyista har bir yuborilayotgan qiz uchun 1000 dollardan ishlab olishni reja qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiyaga yuborilayotgan qizlarning yo‘l va yashash xarajatlari jinoiy guruhning Turkiyadagi boshqa bir a’zosi tomonidan to‘lab berilishi kerak bo‘lgan. Jo‘natilgan qizlar esa Turkiyada jinoiy guruh uchun 5000 dollardan ishlab berish majburiyatini olishi kerak bo‘lgan.

Holat yuzasidan Shoyista Zokirovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «ye» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olingan ayolga nisbatan boshqa holatlar ham tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik qilishga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi (video)