18:43 / 23.09.2020
2 005

Karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas

Karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas
Koronavirus kasalligini keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida yetti mingga yaqin qo‘shimcha o‘rinlar tayyorlab qo‘yilgan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova «Shifobaxshuz» kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Karantin choralarini yumshatilishining sababi, ayni vaqtga kelib sog‘liqni saqlash tizimi kasallikka kurashi kurashga tayyor bo‘ldi. Agar kasallik ortib ketsa ham, bunga tizimni kuchi yetadi. Qo‘shimcha 6700 ta shifo o‘rinlari tayyorlab, moddiy texnika bilan jihozlangan. Uch mingga yaqin malakali shifokorlar qo‘shimcha kuch sifatida tayyorgarlikdan o‘tkazildi», – dedi mutaxassis.

Abdusamatova xonimning qo‘shimcha qilishicha, karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin choralarini yumshatilishi paxta mavsumi bilan bog‘liq emas