10:30 / 24.09.2020
2 509

Karantindan keyin o‘zbekistonliklar qayerlarga uchishni xohlamoqda?

Karantindan keyin o‘zbekistonliklar qayerlarga uchishni xohlamoqda?
O‘zbekiston 1 oktabrdan boshlab barcha xalqaro avia, temir yo‘l va avtoyo‘l qatnovlarini tiklashi haqida xabar berilgandi. Aviasales xizmati chegaralar ochilgandan so‘ng o‘zbekistonliklar qayerga uchishni xohlayotgani haqida qiziqib ko‘rdi, deya xabar bermoqda Spot.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi oylarda o‘zbekistonliklarni Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Qozog‘istonga sotilayotgan aviachiptalar ko‘proq qiziqtirgan.

BCD Travel vakili Azat Aytpayevning fikriga ko‘ra, odamlar hozirda ta’tilga uchishi ehtimoldan yiroq, aksincha chet elda ishlaganlar uchib ketishmoqchi.

«Menimcha, kurort zonalariga tashrif buyurish bilan bog‘liq vaziyat noyabr oyiga yaqin o‘zgarishi mumkin. Hammasi karantin choralariga bog‘liq bo‘ladi», – deydi u.

TravelSystem asoschilaridan biri Anvar Mirzayev ham hali ko‘p narsalarga oydinlik kiritilmaganligini ta’kidladi. Bozor ishlay boshladi, ammo jonlangani yo‘q – ish juda oz. Uning fikricha, karantindan keyin O‘zbekistondan xorijga sayyohlar oqimining ko‘payishi ehtimoldan yiroq emas.

«Odamlar sayohat qilishda hali ham ikkilanib turishadi. Bundan tashqari, avvalgi holatni tiklashimiz uchun vaziyatni nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham normallashtirish kerak», — deya izoh berdi Mirzayev.

Tripline va Jazira Travel asoschisi Iskandar Fozilovning so‘zlariga ko‘ra, odamlar izolyatsiyadan charchagan, shuning uchun ular pandemiya tufayli dunyodagi mavjud vaziyatga qaramay sayohat qilishga tayyor.

Olti oylik karantinda mijozlarning yo‘qligi kompaniya daromadiga ta’sir qildi. Ushbu davr mobaynida ko‘plab idoralar yopildi va bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi. Ammo mening fikrimcha, turizm – bu eng tez tiklanayotgan sohalardan biri», – deya ta’kidlaydi tadbirkor.

Tripline xabariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Turkiya, Malayziya va BAAga qiziqish bildirmoqda, chunki bu mamlakatlarga sayohat boshqa yo‘nalishlarga nisbatan ancha arzon. Bundan tashqari, chet elda o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar soni ortgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, chet el yo‘nalishlari narxlari haqida gapirish hali erta, chunki chegaralar noma’lum muddatga ochiq. Bugungi kunda xalqaro reyslarga qo‘yilgan cheklovlar tufayli turoperatorlar ichki bozorga chiqishni boshladilar, shuning uchun narxlar iste’molchining foydasiga shakllanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantindan keyin o‘zbekistonliklar qayerlarga uchishni xohlamoqda?