20:00 / 24.09.2020
2 145

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro P.E. 2 dona oq rangli qog‘ozga o‘ralgan, “gashish” giyohvandlik vositasini “shartli xaridor”ga noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng, fuqaro P.E.ning o‘zi ham shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi va uning egnidagi kiyimlari cho‘ntaklarida 1 dona oq rangli qog‘ozga o‘ralgan, “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro Q.Q. shartli xaridorga 1 gr. “gashish” giyohvandlik vositasini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tadbir natijasida umumiy og‘irligi 3,79 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi