15:17 / 25.09.2020
4 280

Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Xayrullo Bozorov esa Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlanadi

Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Xayrullo Bozorov esa Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlanadi
Shuhrat G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimidan ozod etiladi. G‘aniyev O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Ayni daqiqalarda Namanganda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiya tashkiliy masala ko‘rilishi kutilmoqda.

Xayrullo Bozorov.
Qayd etishlaricha, shu vaqtgacha Namangan viloyatiga hokimlik qilib kelgan Xayrullo Bozorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlanadi. Namangan viloyati hokimi lavozimini kim egallashi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

25 sentabrning o‘zida Farg‘onada ham Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilishi, unda Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani e’lon qilinishi, Xayrullo Bozorov esa viloyatning yangi rahbari sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Xayrullo Bozorov esa Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlanadi