10:10 / 26.09.2020
5 919

Xonanda Mohira Asadova Shuhrat Qayumovning o‘limi sababini ma’lum qildi

Xonanda Mohira Asadova Shuhrat Qayumovning o‘limi sababini ma’lum qildi
Avval xabar berilganidek, bugun, 22 sentabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli suhandon va san’atkor Shuhrat Qayumov 51 yoshida vafot etdi. Xonanda Mohira Asadova o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali marhum san’atkorning bevaqt o‘limi sababi haqida yozdi:

«Bundan ikki yilcha avval Shuhrat Qayumov bilan bir s’yomka davomida ancha suhbatlashib qolganimizda, u kishi ko‘p vaqtdan beri betobligi va bu betobligining sababi esa ‘oblast’larning birida o‘tkazgan to‘y marosimida ochiq va sershamol bo‘lgan yerda terlab turib, qo‘shiq aytgani va shu tadbirdan so‘ng ikki tomonlama pnevmoniya bo‘lgani, bu kasallikning davomi esa saraton kasalligiga ulanib ketgani va bu kasallikka davo izlab Moskva shahriga borib kelgani haqida tushkun bir kayfiyatda so‘zlab berib, meni g‘amgin qilgan edi.

Ming afsuski, bu bedavo dard bugun safimizdan yana bir do‘stimizni olib ketdi. Yaxshi suxandon, xonanda, samimiy va kamtarin inson Shuhrat Qayumov o‘z muxlislari qalbida abadiy yashaydi.

Ruhingiz shod, oxiratingiz obod bo‘lsin do‘stim, diydor qiyomatga qoldi
», — deb xotirlaydi xonanda Mohira Asadova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Mohira Asadova Shuhrat Qayumovning o‘limi sababini ma’lum qildi