2 294
Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyati fosh etildi
Huquq-tartibot idoralari 20 bitkoinni 208 ming AQSH dollariga sotayotgan fuqaroni ushlashdi. Bu haqda Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishib, fuqaro F.D.ga “1V” (bitkoin) elektron pul birligini 10 463 AQSH dollaridan hisoblab, “20V” (bitkoin) elektron pul birligini o‘zining 7 foizlik ustamasi bilan hisoblab jami 224 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi