20:00 / 26.09.2020
2 252

Andijonda 39 gramm marixuanani 1 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda 39 gramm marixuanani 1 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Andijon viloyati IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi
Andijon viloyatida o‘tkazilgan «Qoradori—2020» tezkor tadbiri doirasida giyohvand moddalarni yetishtirish va sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 sentabr kuni Andijon viloyati IIB Transportda XTB boshlig‘i nomiga shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsi sir saqlangan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Jalaquduq tumanida yashovchi shaxs giyohvand moddalar saqlab, sotayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Ushbu ma’lumotni tekshirish maqsadida xolis xaridor sifatida Savay bekatidagi XTB boshlig‘i «nazorat xarid» tadbirga kiritilgan. Shu kuni Jalaquduq tumani Yorqishloq mahallasi hududida 48 yoshli (muqaddam sudlangan) fuqaro bir million so‘m evaziga xolis xaridorga «sariq rangli qog‘oz paketga o‘ralgan» og‘irligi 39,63 gramm marixuana sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Qo‘lga olingan fuqaroning ust-boshi ikki nafar xolis ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning cho‘ntagidan 6 dona gugurt qutisiga solingan 35,64 gramm marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlangan. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 39 gramm marixuanani 1 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi