16:36 / 28.09.2020
2 024

Prezident Shuhrat G‘aniyevni bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi

Prezident Shuhrat G‘aniyevni bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi
Prezident farmoni bilan Shuhrat Madaminovich G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

Shuhrat G‘aniyev 2011-2012 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2012 yildan buyon Farg‘ona viloyati hokimi sifatida ishlagan.

U endi 2020 yil fevralidan buyon bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab, sentabr oyida koronavirus oqibatida vafot etgan O‘ktam Barnoyev o‘rnini egalladi.

25 sentabr kuni Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ma’qullagandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Shuhrat G‘aniyevni bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi