23:53 / 28.09.2020
2 128

1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilib, ijro hujjati bir kunda tamomlandi

1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilib, ijro hujjati bir kunda tamomlandi
Majburiy ijro byurosi Koson tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor “Koson don mahsulotlarini qabul qilish” MCHJdan undiruvchi tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 mlrd. 102 mln. 106 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 28 sentabr kuni kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Davlat ijrochilari tomonidan jamiyat rahbariyatiga qarzdorlik ixtiyoriy berilgan muddat davomida bartaraf etilmasa, mulklar xatlanib, elektron onlayn savdoga chiqarilishi va shu savdodan tushgan pul evaziga qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilishi tushuntirildi.

Berilgan huquqiy tushuntirishlardan so‘ng jamiyat mavjud qarzdorlikni shu kunning o‘zida to‘liq bartaraf etdi va ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.

Shuhrat Mo‘minov
MIB Koson tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilib, ijro hujjati bir kunda tamomlandi