19:41 / 28.09.2020
1 873

Kosonlik ota farzandlari uchun salkam 12 mln. alimentni bir kunda to‘ladi

Kosonlik ota farzandlari uchun salkam 12 mln. alimentni bir kunda to‘ladi
Voyaga yetmagan moddiy yordamga muhtoj farzandlarni moddiy jihatdan ta’minlab turish “ota”ning burchi hisoblanadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining 19.01.2007 sud buyrug‘iga asosan qarzdor J.O‘rinovdan undiruvchi M.Amirova foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Qarzdor shu kunga qadar aliment pullarini qisman to‘lab kelgan.

Shu sababli Majburiy ijro byurosi Koson tuman bo‘limi davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash qaroriga asosan joriy yilning 1 oktabr sanasigacha bo‘lgan qarzdorlik 11 mln 794 ming so‘mni tashkil etgan.

23 sentabr kuni Byuro xodimlarining huquqiy tushuntirishlari oqibatida J.O‘rinov aliment pullarini to‘liq to‘lab berdi.

Shuhrat Mo‘minov
MIB Koson tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kosonlik ota farzandlari uchun salkam 12 mln. alimentni bir kunda to‘ladi