08:30 / 29.09.2020
2 014

129,5 million so‘mlik tovar moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

129,5 million so‘mlik tovar moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
“Yashirin iqtisodiyot”ning asosiy omillaridan biri tovarlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi, ayirboshlanishi va bojxona hududida harakatlanishidir. Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida ham bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro B.X. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu Saz” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtoulov yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 129,5 million so‘mlikni tashkil etuvchi 2400 dona diplayner va ko‘z qalami, 57 dona elektr ustara, 40 dona epilyator, 720 dona ko‘zlar uchun maskalar va 164 dona elektr ustaralari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 129,5 million so‘mlik tovar moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi