2020/21 o‘quv yili uchun bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 12 oktabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqovga asoslanib, Kun.uz nashri xabar bermoqda.
«2020/21 o‘quv yilini masofaviy tarzda boshladik. Birinchi kurs o‘quvchilari bilan ham o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Farqli tomoni – rejamizga ko‘ra, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib bo‘linganidan keyin, 12 oktabrdan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinadi.
Bu tanishuv darslari karantin qoidalariga to‘la amal qilingan holatda auditoriyaga 50 foizdan oshmagan talabalarni kiritib, karantin talablari asosida tashkil etiladi», – dedi Abduvali Xoliqov 29 sentabrdagi matbuot anjumanida.
Ma’lum qilinishicha, talabalar turar-joylariga talabalar joyalashtirilmaydi. Uzoq hududlardan Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘sha hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoshlarni yig‘ib, tanishuv darslari tashkil etiladi.
Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, uzoq hududlarga Toshkent shahridagi OTMlar professor-o‘qituvchilari borib, tanishuv darslarini tashkil qiladi. Tanishuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo‘lmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bo‘lib, talabalar auditoriyani o‘zgartirmaydi.
«Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta’lim muassasasi va undagi o‘qituvchilar va dars jadvallari bilan tanishtiririladi. Bu yerda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantiramiz», – dedi Abduvali Xoliqov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi