08:11 / 30.09.2020
2 689

IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
2020 yil 28 sentabr kuni Paxtachi tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan Paxtachi tumani «Taraqqiyot» mahallasida yashovchi 6 nafar fuqaro «Qora-qo‘ton» ma’danli maydoniga kirib, noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud toshlarni qazib olishga harakat qilayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ulardan 1 dona elektrodvijok, 1 dona yer qazish moslamasi, tosh maxsulotlari solish uchun mo‘ljallangan qoplar va davlat raqam belgisi bo‘lmagan «UAZ» rusumli avtomashina tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Shundan so‘ng, «uddaburon» yigitlardan birining otasi, farzandi va mahalladoshlariga qonuniy tartibda chora ko‘rilmaslik va hujjatlashtirilib olingan ashyoviy dalillarni qaytarib berish evaziga tuman IIB boshlig‘iga 6.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif etadi.

Holat yuzasidan IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi, Narpay tumani IIB, Paxtachi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 1968 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.S. tuman IIB boshlig‘iga 6.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi