11:38 / 02.10.2020
2 453

6 ta mashina to‘xtatolmagan «Lacetti»ni simyog‘och to‘xtatdi (foto)

6 ta mashina to‘xtatolmagan «Lacetti»ni simyog‘och to‘xtatdi (foto)
Poytaxtda qoidabuzar haydovchi 6 ta transport vositasiga texnik shikast yetkazib to‘xtadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 1 oktabr kuni soat 14:00 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik va Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan «Lacetti» haydovchisi 30 yoshli T.A. harakatini davom ettirgan. Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanib, Oqqo‘rg‘on-Mustaqillik shoh ko‘chalari kesishmasiga yetganda qoidabuzarligini davom ettirgan va o‘zidan oldinda bo‘lgan: 1) «Matiz»; 2) «Cobalt»; 3) «Hyundai»; 4) «Nexia»; 5) «Spark»; 6) «Damas» rusumli transport vositalariga texnik shikast yetkazgan. So‘ng yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagini ajratib turuvchi qismida tungi vaqtda yoritish uchun o‘rnatilgan simyog‘ochga urilib to‘xtagan.

Natijada tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, haydovchining me’yoriy hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi sababli YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, tezligini me’yoridan oshirib harakatlanganligi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 6 ta mashina to‘xtatolmagan «Lacetti»ni simyog‘och to‘xtatdi (foto)