22:47 / 02.10.2020
1 799

Sobiq xodimlarga salkam 4 mlrd. so‘mlikmablag‘lar to‘lab berildi

Sobiq xodimlarga salkam 4 mlrd. so‘mlikmablag‘lar to‘lab berildi
Joriy yilning 2 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Ish bilan ta’minlashlaridan umidni uzdik, hech bo‘lmasa tegishli haqimizni o‘tkazib berishsin” sarlavhali xabar joylashtirildi.

Ma’lumki, joriy yilning 18 iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6010-sonli Farmoni bilan Byuroning elektr energiyasi, tabiiy gaz va maishiy chiqindi sohasidagi to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi bo‘yicha vazifalari boshqa idoralarga o‘tishi munosabati bilan o‘z-o‘zidan Byuro organlaridagi sohaga mas’ul xodimlarning shtat birliklari sonining qisqarishiga olib keldi.

Farmon talablaridan kelib chiqib, hududiy boshqarmalar tomonidan qisqartirilgan xodimlar ro‘yxati shakllantirilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududgazta’minot” AJlarga taqdim qilindi, hozirda xodimlarni ta’minotchi korxonalar bilan hamkorlikda ish joylari bilan ta’minlash masalasi to‘xtagani yo‘q.

Sobiq xodimlarning barchasiga kompensatsiya pullari to‘lab berilgan. Shuningdek, 383 nafar sobiq xodimlar uchun 3 mlrd. 822 mln 281 ming so‘m yakuniy hisob-kitob pullari to‘lab berildi, hozirda qolgan 56 nafar xodimlarga hisoblangan 498 mln. 669 ming so‘m mablag‘larni to‘lab berish choralari ko‘rilmoqda.

Sobiq xodimlarni ish o‘rinlariga joylashtirilishi, ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lar haqida tushuntirish berish hamda muloqot olib borish yuzasidan boshqarmada mas’ul xodimlardan iborat tarkibda ishchi guruhlar tashkil etildi

Shuni ta’kidlash kerakki, Byuroning markaziy mahkamasida, sobiq xodimlarning murojaatlarini qabul qilish, mehnat qonunchiligiga amal qilinishi, ish haqi va boshqa to‘lovlarning to‘lanishi masalalar bo‘yicha Ishchi guruhimizning murojaat etish bo‘yicha telefon raqamlarini ma’lum qilib bormoqdamiz (71-207-11-23, 71-207-11-26, 71-207-11-98).
Haqiqatdan ham, kun davomida ko‘plab, kelib tushayotgan murojaatlarga zudlik bilan javob qaytarish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Biroq, shuni ham aytishimiz lozimki, murojjatlarni o‘rganish davrida, hozirda sobiq xodimlar tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larning to‘lab berilmaganligi va bu borda qonunbuzilishi holatlari mavjudligi haqida murojaatlar kelib tushmagan.
Yuqoridagi kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsi ochiqlanmagan fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan xabarlar doim ham asosga ega bo‘lmasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq xodimlarga salkam 4 mlrd. so‘mlikmablag‘lar to‘lab berildi