08:12 / 04.10.2020
2 572

MIB Namangan viloyat boshqarmasi: undiruvchi ijro harakatlarining bajarilishini so‘rab 30 marotaba murojaat etgan

MIB Namangan viloyat boshqarmasi: undiruvchi ijro harakatlarining bajarilishini so‘rab 30 marotaba murojaat etgan
Joriy yilning 03 oktabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijo byurosining Namangan viloyat boshqarmasida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifing 29 sentabr kungi ijro haarktlari davomida marhuma G.Dadaboyevaning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq masalalarga qaratildi.
Tadbirda, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, Namangan shahar IIB, viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy elektron nashr vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, joriy yilning 29 sentabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli marhuma Gulandom Dadaboyeva ijro haarkatlari davrida o‘z joniga qasd qilib, ustiga benzin yoqilg‘isi bilan yoqishi natijasida vafot etgan edi.

MIB Namangan shahar bo‘limi ish yurituvida - fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 08.10.2019 yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra undiruvchi A.Djurayev foydasiga javobgar marhumaning onasi M.Dadabayeva va uning oila a’zolarini Namangan shahar, Istiqbol MFY, 9-Bog‘i-eram ko‘chasi 34-uydan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan edi.

Brifingda MIB Namangan viloyat boshqarmasi shahar bo‘limi xodimlari ushbu holat bo‘yicha savollarga javob qaytarishdi.
Mas’ul xodimlar ushbu voqea tashvishli holat bo‘lganligi va marhuma G.Dadaboyevaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, Majburiy ijro organlari sud va boshqa organ hujjatlari ijrosini ta’minlaydi va buni muhokama qilmaydi, lekin biz doim qarzdorlarga sud qarorini ixtiyoriy bajarishi uchun va haqiqiy ahvoldan kelib chiqib, insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashib kelishini ta’kidladi.

Qarzdor M.Dadaboyevaning uydan chiqish ijro ishi bo‘yicha ijro harakatlari jami turli sabablar bilan 3 marta to‘xtatilgan, qolaversa ijro ishi Byuroning Namangan shahar bo‘limiga 2019 yil noyabr oyida kelgan bo‘lib, davlat ijrochilari 3 marotaba qarzdorning uyiga borib, o‘z ixtiyori bilan sud qarorini bajarishga undab kelgan.

Asosiy sabablarining biri, sud qarori bo‘yicha kimdir qarzdor ikkinchi tomon esa, undiruvchi bo‘ladi, ushbu ijro ishi bo‘yicha ham undiruvchi Axad Djurayev tomonidan sud qarori ijrosi ta’minlanmayotgani haqida ko‘plab e’tirozlar va bir nechta shikoyat arizalarini bildirib 30 dan ortiq (og‘zaki) murojaat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Namangan viloyat boshqarmasi: undiruvchi ijro harakatlarining bajarilishini so‘rab 30 marotaba murojaat etgan