14:30 / 04.10.2020
2 825

Firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi
Hayotda har bir inson halol mehnat qilib, umrguzaronlik qilishi lozim. Lekin, ayrim kimsalar firibgarlik yo‘lini tanlab, o‘zgalarning pul mablag‘larini o‘zlashtirishga harakat qilishlari ham ayni haqiqat.

Xususan, xalq deputatlari Toshkent shahar tuman kengashlaridan birining deputati bo‘shab qolgan joylar uchun tuman kengashi deputatligiga saylanishda yordam berishni va’da qilib, mahalliy fuqarodan 3000 AQSH dollari so‘raydi va avans sifatida 1,5 ming dollar olgan vaqtida DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Endi Sirdaryo viloyatida aniqlangan firibgarlik holatiga e’tiboringizni qaratamiz. Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi, hozirda hech qayerda ishlamaydigan 18 yoshli fuqaro Guliston shahrida yashovchi o‘zining 17 yoshli jinoiy sherigi bilan birga, aldov yo‘li bilan o‘zganing ishonchiga kirib, uni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2000 AQSH dollari olgan vaqtlarida DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati vodiy viloyatlarida ham kuzatildi. Jumladan, Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining tibbiyot fakultetiga hech qanday imtixonlarsiz o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, undan 1350 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Buni qarangki, farroshlikka ishga joylash uchun xam pora olish mumkin ekan. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimi 1200 AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga farroshlikka ishga kirishida yordam berishini aytib, dastlab undan 400 AQSH dollari oladi. Oradan bir oz muddat o‘tib esa qolgan 800 dollarni olayotgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Respublikamiz paxta dalalarida terim mavsumi avjiga chiqqan ayni kunlarda bu yo‘nalish ham firibgarlarning e’tiboridan chetda qolmadi.
Xususan, Jizzax viloyati Baxmal tumanida ikki marta sudlangan fuqaro mahalliy fermer xo‘jaliklaridan birining rahbaridan joriy paxta yig‘im terimiga xo‘jalik nomidan o‘zi yollanma ishchilarni topib, jo‘natib berishni aytib, buning uchun 6 mln. so‘m talab kiladi. Agarda ushbu pulni bermasa xokimiyatda ishlaydigan tanishlari orqali mazkur fermer xo‘jaligi yerlarini oldirib qo‘yish bilan ham tahdid qiladi.

Aytilgan puldan 5 mln. so‘mni olayotgan vaqtda DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi