00:03 / 06.10.2020
2 605

Siyosiy boshpana berish tartibi ishlab chiqiladi

Siyosiy boshpana berish tartibi ishlab chiqiladi
«O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida» yangi qonun qabul qilinmoqda. Bu haqda quyi palata deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Bunday qonun loyihasi bugun Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasida O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini, O‘zbekistonda bo‘lish, siyosiy boshpana berish tartibini, asosiy huquq va erkinliklari, O‘zbekistonga kirish-chiqish va tranzit o‘tishi, davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqa holatlarni aks ettirish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Shaxsning O‘zbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpanasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan amalga oshiriladi.

Siyosiy boshpana o‘zining fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan yoki ta’qib qilishning jabrlanuvchisi bo‘lishiga real tahdiddan, shuningdek, xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va ularning oila a’zolariga beriladi.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida»gi Xalqaro pakt, BMTning «Qochqinlar maqomi to‘g‘risida»gi Konvensiyasi, «Diplomatik aloqalar to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasi qoidalari hisobga olingan.

"Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida uchta o‘qishda ko‘rilib, qabul qilingan taqdirda Senatga yuboriladi" deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Siyosiy boshpana berish tartibi ishlab chiqiladi