12:24 / 06.10.2020
2 211

Qo‘qonda avtomobil boshqaruvi vaqtida telefondan foydalangan inspektorga chora ko‘rildi

Qo‘qonda avtomobil boshqaruvi vaqtida telefondan foydalangan inspektorga chora ko‘rildi
Kadr: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda YHXB xodimi avtomobil boshqaruvi vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalangani aks etgan video tarqaldi, deya xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB.

Qayd etilishicha, mazkur xabar o‘rganilganda Matiz rusumli davlat raqam 40 C260 QA bo‘lgan avtomobil haydovchisi Qo‘qon shahar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori K.M. ekanligi aniqlangan.

Xodimning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar to‘liq ekanligi, ammo 2020 yil 4 oktabr kuni soat 08:30 larda Qo‘qon shahar Forobiy ko‘chasi bo‘ylab avtomobilda harakatlanish vaqtida uyali aloqa vositasidan foydalanib, xavfsizlik kamarini taqmagan holda yo‘l harakati qoidalarining 9,12-bandlarini buzganligi aniqlandi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasida «Basharti shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi» deb belgilab qo‘yilganligi sababli profilaktika inspektori K.M.ga nisbatan yo‘l harakati qoidalarining 12-bandida nazarda tutilgan huquqbuzarlik, ya’ni avtomobil boshqarish davomida uyali aloqa vositasidan foydalanganligi uchun tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB
«Ichki ishlar boshqarmasi boshqa haydovchilar bilan birgalikda ichki ishlar organlari xodimlarining ham yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlariga befarq bo‘lmagan fuqarolarga o‘z minnatdorligini bildiradi.

Biz hamisha mana shunday huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatda bo‘lib, hamkorlikda yo‘llarda sodir etilayotgan qoidabuzarliklarga o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘ramiz
», – deyiladi IIB xabarida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda avtomobil boshqaruvi vaqtida telefondan foydalangan inspektorga chora ko‘rildi