17:00 / 06.10.2020
3 133

Koronavirus yoki grippda antibiotiklarni qabul qilish qanchalik to‘g‘ri?

Koronavirus yoki grippda antibiotiklarni qabul qilish qanchalik to‘g‘ri?
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydulleva bilan suhbat uyushtirdi.

– Koronavirus yoki grippga chalinganda tezroq tuzalish maqsadida antibiotiklarni o‘z bilganicha qabul qilish to‘g‘rimi?
– Noto‘g‘ri. Grippda ham, koronavirusda ham kasallik chaqiruvchisi virusdir. Bu ikki kasallikda xastalikning boshlanishidan antibiotiklarni qabul qilish ikki kasallikning ham asoratlanishini keltirib chiqaradi.

Antibiotiklar hech qachon viruslarga ta’sir qilmagan, ularning ta’sirida organizm uchun kerakli bo‘lgan mikroorganizmlar halok bo‘ladi. Qonda kerakli mikroelementlar parchalanishini va organizmdan chiqib ketishini kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, inson organizmida immuntanqis holatni keltirib chiqaradi va organizmga qo‘shimcha boshqa infeksiyalar qo‘shilgan holda boshqa yuqumli kasalliklar rivojlanishini keltirib chiqaradi.

– Antibiotiklarni qabul qilishning me’yor va tartiblari bormi?
– Albatta, antibiotiklar tartib bilan o‘z o‘rnida qo‘llanilishi kerak. Antibiotiklarni tavsiya qilish uchun, inson organizmining suyuqliklaridan bakteriologik ekmaga topshiriladi. Uning natijasida o‘sib chiqadigan infeksiyaga qarshi ta’sir etuvchi antibiotik turi belgilanganiga qarab antibiotiklarning aniq birini tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir.

To‘g‘ri, bakteriologik ekmalar javobining chiqishi 4-5 kunni tashkil qiladi. Ushbu davrga qadar, Sog‘liqni saqlash vazirligining har bir kasallikda emperik holatda birinchi 3-5 kunga tavsiya etiladigan antibiotiklar ro‘yxati mavjud. Ularni birlamchi tavsiya etgan holda, keyin esa, aynan bakteriologik ekma javobiga asosan maqsadli antiotiklar tavsiya qilinishi, infeksiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri davo chorasi hisoblanadi.

Shu o‘rinda gripp yoki koronavirus kasalliklarida qachondan boshlab antibiotiklarni qabul qilish kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Agarda kasallikning o‘tkir davri 5-7 kun o‘tganidan so‘ng, yana qayta isitma ko‘tarilsa, unda qonda leykotsitoz, s-reaktiv oqsilning yuqoriligi kuzatilsa va bakteriologik ekmada bakteriyalar o‘sib chiqsa, shu vaqtda antibiotiklarni tavsiya etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus yoki grippda antibiotiklarni qabul qilish qanchalik to‘g‘ri?