17:35 / 06.10.2020
3 135

Xodim ishga tiklandi

Xodim ishga tiklandi
Fuqaro A.Shaymanovni Respublika inkasatsiya davlat unitar korxonasi Navoiy viloyat boshqarmasi Navoiy shahar inkassatsiya xizmatiga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘adi. Da’voda ish beruvchi uni noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatgani aytilib, lavozimiga tiklash va majburiy bekor yurgan kunlari uchun pul undirish ko‘rsatilgan edi.

Sud mazkur holatda A.Shaymanovning huquqi buzilganligini aniqlab, 19.08.2020 yilda uning foydasiga ishga tiklash va majburiy bekor yurgan kunlari uchun 4 mln. 461 ming so‘m undirish haqidagi ijro hujjatini qabul qildi.

O‘z navbatida bu hujjat Byuroning Navoiy shahar bo‘limi ish yurituviga 27.08.2020 yilda kelib tushdi va davlat ijrochisi zudlik bilan ijro harakatlarini boshlab yubordi.

Ijro harakatlarini olib borishda ish beruvchi bilan ko‘pgina tortishuvlar ham bo‘ldi. Ammo sud qarori muhokama qilinmaydi balki ijrosi so‘zsiz ijro etiladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.Shaymanov Navoiy shahar inkassatsiya xizmatiga o‘zining eski inkassator lavozimiga ishga tiklandi va majburiy bekor yurgan kunlari uchun 4 mln. 461 ming so‘m undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodim ishga tiklandi