09:39 / 07.10.2020
2 170

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi
Foto: «Newseek.org»
Bir fuqaroning COVID-19dan vafot etishiga sababchi bo‘lishda va 250,8 mln. so‘m budjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilinishida ayblanayotgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi o‘zgartirildi. Ayol uy qamog‘iga o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, ayblanuvchi G.Yo‘ldosheva ayol ekanligi, shuningdek, olti nafar voyaga yetmagan farzand onasi ekanligi inobatga olinib, Bosh prokurorning tashabbusi bilan unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘i ehtiyot chorasiga o‘zgartirish yuzasidan Chirchiq shahar prokurori tomonidan sudga tegishli iltimosnoma yuborildi va sud tomonidan prokuror iltimosnomasi kanoatlantirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati prokuraturasi bayonotida alohida ta’kid etiladiki, ehtiyot chorasi o‘zgartirilgani G.Yo‘ldoshevadan barcha ayblovlar olib tashlandi degani emas.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Natijasi bo‘yicha tegishli ayblov xulosasi bilan jinoyat ishi sud muhokamasiga yuboriladi hamda mazkur jinoyat ishi yuzasidan yakuniy to‘xtam sud tomonidan belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi