11:46 / 07.10.2020
2 513

Samarqandda Malibu zovurga tushib ketdi

Samarqandda Malibu zovurga tushib ketdi
Foto: Samarqand viloyati IIB YHXBB
Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu rusumli avtotransport vositasining zovurga tushib ketganligi holati tarqaldi, deya xabar bermoqda viloyat IIB YHXB.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida, hodisa 2020 yilning 5 oktabr kuni soat 16:10 larda 4R-48 avtomobil yo‘lining 69 kilometrida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Malibu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi suv oqib o‘tadigan zovurga tushib ketgan. Natijada avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

Hozirda 2 nafar fuqaroning ham ahvoli yaxshiligi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Malibu zovurga tushib ketdi