13:00 / 07.10.2020
2 481

O‘zbekistondagi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini grippga qarshi emlash uchun Rossiyadan 1 mln doza vaksina sotib olinadi

O‘zbekistondagi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini grippga qarshi emlash uchun Rossiyadan 1 mln doza vaksina sotib olinadi
O‘zbekistondagi o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini grippga qarshi emlash uchun Rossiya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan grippga qarshi vaksinadan bir million doza xarid qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida mamlakatdagi barcha maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan. Ularni emlash bo‘yicha ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ayni kunlarda ishlar davom etmoqda.

Xabar berilishicha, «Dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan bir million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Hozirda «Sovigripp» vaksinasining 250 ming dozasi O‘zbekiston hududlariga yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, 15 oktabrga qadar 40 ming doza, 30 oktabrga qadar 250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza «Flyu-M» vaksinasini yetkazib berish mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari 1 oktabrga qadar grippga qarshi emlanishi begilab qo‘yilgandi.

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi immunoprofilaktika bo‘limi mudiri Vazira Mutalova sentabr oyining boshida yuqoridagi qaror asosida 2020 yilning 1 oktabridan boshlab aholi bilan bevosita muloqotda ishlaydigan, umumiy hisobda bir milliondan ortiq tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini grippga qarshi bepul emlash ishlarini olib borish belgilanganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini grippga qarshi emlash uchun Rossiyadan 1 mln doza vaksina sotib olinadi