15:43 / 07.10.2020
1 838

Gulistondagi portlash bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Gulistondagi portlash bo‘yicha rasmiy xabar berildi
Foto: FVV
Bugun, 7 oktabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni portlashi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

FVV hodisa haqida dastlabki ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, portlashdan hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib, fuqarolarga tan jarohati yetgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirishgan. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)