23:28 / 07.10.2020
2 308

Yuk mashinasidagi qing‘irlik bojxonachilar tomonidan fosh etildi

Yuk mashinasidagi qing‘irlik bojxonachilar tomonidan fosh etildi
Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.N. boshqaruvidagi “Nyundai porter” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtoulov yukxonasida fuqaro Z.D. tomonidan olib ketilayotgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 75 million so‘mlik 49 dona televizorlar borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk mashinasidagi qing‘irlik bojxonachilar tomonidan fosh etildi