11:30 / 08.10.2020
1 258

Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi

Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi
Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro A.S. boshqaruvidagi bo‘lgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada hujjatlarda qayd etilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 55,2 million so‘mlik 22 dona yuqori bosimni nazorat qiluvchi uskunalar va boshqa xo‘jalik mollari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)