20:50 / 08.10.2020
3 120

Bank xodimi ishga tiklanib, 8 mln. so‘mlik ish haqlari undirildi

Bank xodimi ishga tiklanib, 8 mln. so‘mlik ish haqlari undirildi
Joriy yilning 20 avgust sanasida Majburiy ijro byurosi Sho‘manoy tuman bo‘limi ish yurituviga, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining 17.08.2020 yilgi ijro varaqasiga asosan, javobgar ATB “Agro bank” Sho‘manoy filialidan da’vogar N.Allambergenovni 26.05.2020 yildan boshlab ushbu bank filialining bosh menedjer lavozimiga ishga tiklash hamda unga 8 mln. 271,8 ming so‘m ish xaqisini undirib berish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yurituvini qo‘zg‘ash to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, dastlab tomonlarga mazkur qarorning nusxalari va bank filiali rahbari nomiga mazkur ijro hujjatning bajarilishini ta’minlash, aks holda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlari tushuntirilgan holda ogohlantirish xati yuborilgan.

Natijada, 26 avgust kuni, ya’ni ijro hujjati kelib tushgan kundan 6 kun o‘tib ijro ishining ijrosi amalda to‘liq ta’minlanib, fuqaro N.Allambergenov ATB “Agro bank” Sho‘manay filiali rahbarining bo‘yrug‘iga asosan ishga tiklandi va uning foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 8 mln. 271,8 ming so‘m ish hakisi to‘liq undirildi.

Shu bois, mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunining 41 moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank xodimi ishga tiklanib, 8 mln. so‘mlik ish haqlari undirildi