12:15 / 09.10.2020
2 380

Qashqadaryolik fuqaro otasidan qolgan ov miltig‘ini tuman IIBga topshirdi

Qashqadaryolik fuqaro otasidan qolgan ov miltig‘ini tuman IIBga topshirdi
Foto: Dilshod Mirzayev
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro otasidan qolgan ov miltig‘ini tuman IIBga topshirdi. Bu haqda Dehqonobod tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, viloyat IIB PB KG MTB inspektori podpolkovnik O‘ral Umirov, tuman IIB vakili Bahrom Nazarovlar tumanning «Duob» MFY Qizilmozor qishlog‘ida bo‘lib, aholiga ota-bobolaridan qolgan ov qurollarini davlatga topshirish haqida targ‘ibot tadbirlarini olib borgan.

Targ‘ibot tadbirlari davomida shu qishloqda yashovchi 33 yoshli fuqaro Alisher Arziqulov marhum otasidan qolgan 1 dona, 1 nilli, 16 kolibrli, Ch 78090-raqamli, ishlab chiqarilgan sanasi noaniq bo‘lgan o‘qotar ov qurolini o‘z ixtiyori bilan tuman IIBga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan jismoniy va yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga ko‘ra, jismoniy yoki yuridik shaxs ichki ishlar organlariga qurol va (yoki) ularning o‘q-dorilarini o‘z ixtiyori bilan topshirganligi uchun pul mukofoti bilan taqdirlanishi, 1974 yilgacha ishlab chiqarilgan fuqaroviy o‘qotar qurol topshirgan jismoniy shaxs esa uni imtiyozli olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryolik fuqaro otasidan qolgan ov miltig‘ini tuman IIBga topshirdi