23:00 / 09.10.2020
2 674

105,2 mln. so‘m ulush pullari fuqaroga undirib berildi

105,2 mln. so‘m ulush pullari fuqaroga undirib berildi
Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 09.06.2020 yildagi 2-1002-2003/1016-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor D.Xudayberdiyevadan undiruvchi Sh.Xudoyberdiyev foydasiga 105 mln. 218 ming so‘m ulush pullarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qaror nusxalari taraflarga ijro qilishlik uchun yuborilgan. Biroq qarzdor tomonidan qonun talablari asosida berilgan ixtiyoriy muddatda ulush pullarini undiruvchi fuqaroga o‘z vaqtida to‘lab bermagan.

Oqibatda MIB tuman bo‘limi davlat ijrochisi D.Kirgizov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 28 sentabr kuni undiruvchi fuqaro foydasiga 105.218 ming so‘m ulush pul mablag‘lari to‘liq undirib berildi.

Ijro hujjati ijrosi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 105,2 mln. so‘m ulush pullari fuqaroga undirib berildi