13:04 / 10.10.2020
2 211

MIB Zafarobodda oilalarni yarashtirmoqda

MIB Zafarobodda oilalarni yarashtirmoqda
Oilada shirin-shirin orzular og‘ushida, qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi. O‘g‘ildir, qizdir Alloh bergan ulug‘ ne’matdir. Balkim, shundandir, oila to‘g‘risidagi tushuncha bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. O‘zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi. Ming afsuski, farzandek ulug‘ ne’mat hamda oiladek muqaddas dargoh qadriga yetmaydigan yurtoshlarmiz ham bordir.

Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 06.01.2016 yildagi qarzdor N.Shakarovdan undiruvchi G.Mardanova foydasiga voyaga etmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro 14.01.2016 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosiga kelib tushgani 4 yil bo‘lgan bo‘lsada bo‘lim xodimlarining tushuntirishlari hamda say-harakatlari natijasida ushbu oilaning yarashuviga erishildi.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 21.08.2020 yildagi qarzdor V.Qurbonqulovdan undiruvchi N.Qurbonqulova foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari hamda tushuntirishlar natijasida ushbu oila o‘zaro kelishgan holda yarashishdi va ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarni ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan ish yurituvdan tamomlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida jami 15 ta oila yarashtirilishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Zafarobodda oilalarni yarashtirmoqda