11:50 / 11.10.2020
3 078

Koronavirus: olimlar uy yumushlari bilan shug‘ullanuvchi ayollarni ogohlantirdi

Koronavirus: olimlar uy yumushlari bilan shug‘ullanuvchi ayollarni ogohlantirdi
Foto:«Gazeta.ru»
«SPI-B» guruhidan bo‘lgan ingliz olimlarining ta’kidlashicha, ko‘plab ayollarda koronavirus bilan kasallanish ehtimoli yuqori. Chunki ular ko‘proq uy yumushlari bilan shug‘ullanishadi, xususan ko‘proq kir yuvishadi. Kir yuvish asnosida infeksiya yuqtirish xavfi juda yuqori.
Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri yozgan.

COVID-19 infeksiyasi to‘qima va sirtlarda uch kungacha yashovchan bo‘ladi, natijada uy yumushlari bilan shug‘ullanuvchi uy bekalar uchun xatar kuchayadi.

Olimlarning fikricha, bir necha avlod vakillari bilan yashaydigan oilalarning uy bekalari eng katta xavf ostidadir.

Eslatib o‘tamiz, pandemiya boshlanganidan beri rasman 36 milliondan ortiq holatlar ro‘yxatga olindi, shundan 27 millioni sog‘aygan va milliondan ortiq bemorlar vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus: olimlar uy yumushlari bilan shug‘ullanuvchi ayollarni ogohlantirdi