Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Farhod Ermanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi.
Botir Qudratxo‘jayev bungacha Toshkent shahri prokurori bo‘lgan (2016−2017), undan avvalroq Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan (2014−2016).
U 2017 yil iyunidan hozirga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan oldin, 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namanganga prokuror etib tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi