08:11 / 13.10.2020
1 023

Mamalakatimizda xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlashda yangicha tizim joriy etiladi

Mamalakatimizda xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlashda yangicha tizim joriy etiladi
Bizga ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalarga bosqichma-bosqich alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvaatash, ularga yetarli shart-sharoit yaratish va bandligini ta’minlash masalalarida uch marotaba, yoshlarni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan uch marotaba videoselektor shaklida yig‘ilish o‘tkazib tegishli mutasaddi idoralarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berib kelmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 8 oktabr kuni Prezidentimiz jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yana bir bor videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar hamda xotin-qizlar masalalari bilan bevosita shug‘ullanuvchi mutassaddi idoralar ishlari natijadorligi tanqid qilinib, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha yangi ish tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.

Bizga ma’lumki, muqaddam moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “temir daftar” lar shakllantirilgan edi. Xuddi shu kabi har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantirilish taklifini ilgari surdilar.

Mazkur toifadagi daftarlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kiritilishi qayd etib o‘tildi.

Bundan tashqari yig‘ilish davomida yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash ishlariga alohida to‘xtalib, “Ishsizlikning ko‘payishi o‘z navbatida jinoyatchilikning oshishishga sabab bo‘lishi”ni bildirib o‘tdilar.

Yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida, ularda motivatsiya uyg‘otib, kasbiy ko‘nikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko‘mak berish muhimligi, oilaviy psixolog xizmati va tuman adliya bo‘limi orqali huquqiy maslahatlarni bepul tashkil qilish, yolg‘iz keksa ayollar bilan patronaj hamshiralar, yoshlar, mahalla va oila bo‘limlari ishlashi lozimligi to‘g‘risidagi tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ishsiz yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash hokimning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari, tuman va shahar bandlik bo‘limi, Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Bosh vazir qabulxonalari va banklarning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerakligi, shz mehnati, irodasi bilan katta yutuqlarga erishgan mashhur shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etib, yoshlar va xotin-qizlarga kuchli motivatsiya berish, chet tili, kasb-hunar va biznesga o‘rgatadigan audio va video materiallar tayyorlab tarqatish ham yaxshi samara berishi to‘g‘risidagi takliflarni o‘rtaga tashladi.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida mo‘ljaldagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ularni barqaror moliyaviy manbalar bilan ta’minlashga ham to‘xtalib o‘tdilar.

Yangi tizimga asosan yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida nodavlat kasb-hunar ta’limi markazlari orqali kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar miqdoridagi mablag‘, shundan 10 millioni yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga, 90 millioni esa imtiyozli kreditlar ajratish uchun sarflanishi, “Ijtimoiy shartnoma” orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya berilishi belgilandi.

Shuningdek, yig‘ilishda Kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmasligi,, jumladan 2 ming 484 ta, ya’ni 70 foiz xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma’lumot talab etilishi sababli 4000 ga yaqin kasblar bo‘yicha vakansiyalar mavjudligi, bu esa o‘z navbatida mazkur yo‘nalishda o‘rta-maxsus ma’lumotga ega shaxslarning ishga joylashishda to‘siq bo‘lib qolayotganligi ta’kidlandi.

Shu sababli, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga klassifikatorda oliy ma’lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi yuklatildi.

Yuqoridagi yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriq va tavsiyalar yoshlar va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash borasidagi muammolarni yechimini hamda mazkur sohadagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vaziflarni belgilab berdi berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Elbek Eshmurodov
Toshkent davlat yuridik universitetining
Ixtisoslashtirilgan filiali
Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)