08:45 / 13.10.2020
2 135

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi taqdimoti o‘tkazildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi taqdimoti o‘tkazildi
Adliya vazirligida 2020 yil 12 oktabr kuni “Zoom” platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi takdimoti bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan taqdimotda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, “UZINFOCOM davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ mutaxasssislari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, 2019 yil 13 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozimligi belgilangan edi.

Qaror bilan belgilangan mazkur tartibni samarali amalga oshirish va jamoatchilikni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasida ishtirok etishlarini qulaylashtirish maqsadida, Adliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) modernizatsiya qilinib, 2020 yil 1 oktabrdan boshlab uning yangi versiyasi sinov tariqasida ishga tushirildi.

Ta’kidlash lozimki, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga hozirga qadar 2470 ga yaqin loyiha joylashtirilgan. Shundan 90 ga yaqini ayni paytda muhokama jarayonida bo‘lib, qariyb 2380 tasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish yakunlangan.

Taqdimot davomida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi va uning ishlash mexanizmi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi ishga tushirilishi jamoatchilikning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasida faol ishtirok etishlariga, shu bilan birga, loyiha ishlab chiquvchi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Taqdimot yakunida ishtirokchilar tomonidan portalni yanada takomillashtirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan taklif
va tavsiyalar berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali ishlash tartibi bilan bog‘liq savollarga ham javob berildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bialn aloqalar bo‘lim

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalining yangi versiyasi taqdimoti o‘tkazildi