Taniqli ulamo Shayx Alouddin Mansur vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Shayx Alouddin Mansur 1952 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatining Qorasuv shahrida tug‘ilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi.
Olim Qur’oni karim ma’nolarining o‘zbekcha izohli tarjimasini tayyorlashdek ulkan vazifani sharaf bilan ado etdi hamda uning tarjimasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi o‘tkazgan tanlovda eng yaxshi deb topildi. Kitob 1991-1993 yillarda avval «Sharq yulduzi» jurnalida, keyin G‘afur G‘ulom va «Cho‘lpon» nashriyotlarida bir million nusxada bosildi.
Shundan keyin u 2000 yilda Qorasuv shahrida «Qur’oni karimni o‘rganish ilmiy markazi» tashkil etib, Qur’oni karim ma’nolarining rus (Alisher Ahmad bilan hamkorlikda) va qirg‘iz tillariga tarjima qildi.
So‘nggi yillarda u Qur’oni karimning imkoni boricha kengroq tafsirini tayyorlash ustida ish olib bordi. Qirg‘izistonda shayxning ko‘p jildli «Qur’oni azim tafsiri» chop etilgan.
Shayxning «Imom A’zam buyuk imomimiz» nomli asari O‘zbekistonda chop etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?