18:13 / 13.10.2020
2 211

Xalq ta’limi bo‘limining 35 nafar xodimlarini ish haqlari undirildi

Xalq ta’limi bo‘limining 35 nafar xodimlarini ish haqlari undirildi
Majburiy ijro byurosi Baxmal tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 03.08.2020 yildagi qarzdor Baxmal tuman Xalq ta’limi bo‘limidan jami 35 nafar xodimlar foydasiga jami 56.516.643 so‘m ish haqlari hamda davlat foydasiga 7.805 000 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi barcha xisob raqamlariga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasi talabi asosida band solinib, inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan hamda mol-mulk aniqlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida ijro hujjatida ko‘rsatilgan ish haqlari undiruvchi 35 nafar xodimlarning foydasiga undirilishi hamda davlat boji tegishli hisob raqamga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq ta’limi bo‘limining 35 nafar xodimlarini ish haqlari undirildi