18:43 / 13.10.2020
3 847

Buxoroda «Matiz» portlab ketdi (foto)

Buxoroda «Matiz» portlab ketdi (foto)
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Bugun, 13 oktabr kuni soat 11:45 larda, Peshku tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Buxoro viloyati, Peshku tumani, Chig‘irchi MFY, Yangibozor ko‘chasida joylashgan markaziy kasalxonadagi avtomashinalar to‘xtash joyida 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro H.M.ga tegishli «Matiz» rusumli transport vositasining metall gaz ballonida nosozliklar yuzaga kelib, chaqnash sodir bo‘lgan.

Chaqnash natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar mavjud emas.

Sodir bo‘lgan chaqnash natijasida «Matiz» rusumli transport vositasi atrofida bo‘lgan, fuqaro B.B.ga tegishli «Neksiya» rusumli, fuqaro U.P.ga tegishli «Neksiya» rusumli hamda fuqaro A.X.ga tegishli «Lasetti» rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati, Peshku tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasi gaz ballonlarining texnik sozligini o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazishlarini, ehtiyotkor bo‘lishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda «Matiz» portlab ketdi (foto)