13:35 / 18.10.2020
2 134

Qarz qiyomatga qolmadi

Qarz qiyomatga qolmadi
Ayrim holatlarda fuqarolarimiz tomonidan qarz olinsada, lekin qaytarib berishni unutishadi. Qarzni qaytarib berishni hayollariga ham keltirishmaydi. Agarda fuqarolarimiz qarz olgandan so‘ng o‘z vaqtida olgan qarzlarini qaytirishganlarida edi, qarz beruvchilar sudga murojaat qilib, ovorayu-sarson bo‘lmas edi.

Majburiy ijro byurosi Karmana tuman bo‘limiga 15.08.2020 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 11.08.2020 yildagi qarzdor T.Suvonovdan undiruvchi F.Jo‘raqulovning foydasiga jami 71.573.415 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ish yurituviga 10.09.2020 yilda kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlari boshlab yuborilib, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilindi va qaror nusxasi tomonlarga yuborildi.

Olib borilgan majburiy ijro harkatlari natijasida esa qarzdor T.Suvonovdan 23.09.2020 yilga kelib jami 71.573.415 so‘mlik qarz pullari undirib olindi va ushbu pullar F.Jo‘raqulovga topshirilib, ijro hujjati amalda ijrosi ta’minlandi.

Bundan ko‘ngli to‘lgan fuqaro F.Jo‘raqulov byuro xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz qiyomatga qolmadi