15:30 / 18.10.2020
1 742

Toshkent viloyatida tadbirkorlarga 111,5 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rni qoplab berildi

Toshkent viloyatida tadbirkorlarga 111,5 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rni qoplab berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 151-buyrug‘iga asosan joriy yilning 1 avgustidan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi bo‘limi tashkil etildi.

Bugungi kunda boshqarmada faoliyat olib borayotgan “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi” bo‘limi tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini yuritilishida hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplab berishda keng amaliy yordam bermoqda.

Mazkur bo‘lim 8 800 tadan ortiq soliq to‘lovchilarga xizmat qilib, unda 11 nafar malakali, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor mutaxassislar jalb qilingan.

– Hozirgi kunda viloyat bo‘yicha jami 8 800 tadan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari to‘liq viloyat davlat soliq boshqarmasi hisobiga ko‘chirib o‘tkazildi, – deydi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi” bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Safarov

Ayni paytda bizga jami 274 ta holatda 273,2 mlrd. so‘mlik QQSni qaytarish bo‘yicha arizalarni kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlardan 221 tasi ko‘rib chiqilgan va 72 tasi ya’ni 111,5 mlrd. so‘m qaytarish bo‘yicha hulosa qabul qilingan. 149 tasi esa hato kamchiliklar mavjudligi sababli rad etilgan.

Shuningdek hozirda 53 ta 22,8 mlrd. so‘mlik murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda.

Bundan tashqari tizim xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga tashrif buyurgan holda ularning muammolari o‘rganilib bartaraf etishga ko‘mak berilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida tadbirkorlarga 111,5 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rni qoplab berildi