20:50 / 19.10.2020
2 562

2 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun qarzdorning avtotransport va ko‘chmas mol-mulki xatlandi

2 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun qarzdorning avtotransport va ko‘chmas mol-mulki xatlandi
Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 10.03 2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor "Karash fish group" korxonasidan undiruvchi Ipoteka bank ATIB Shayhontohur filiali foydasiga 2 mlrd. 164 mln. 806 ming 648 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 12.06.2020 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilib, qo‘zg‘atish qarori qarzdorga yuborilgan.

Qarzdor MIB tuman bo‘limi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni qoplamaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro xarakatlariga kirishilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi undiruvchi qarzdorning garovga qo‘ygan mol-mulklariga yani boshlang‘ich bahosi 200.000.000 so‘mga baholangan "Ekskavator", boshlang‘ich bahosi 24.649.000 so‘mga baholangan "LACETTI", boshlang‘ich bahosi 90.640.000 so‘mga baholangan "ISUZU NAR" rusumli avtotransport vositasitalari, hamda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mumtoz ko‘chasi 5-uyda joylashgan boshlang‘ich baxosi 600.000.000 so‘mga baholangan ko‘chmas mulklari xatlandi va hozirda xatlangan mol-mulklarni Auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi uchun qarzdorning avtotransport va ko‘chmas mol-mulki xatlandi